View in Telegram
Ro'paramdagi "Ro'baro' " "Izlam" turkumining 2-fasli chiqishi o'zbek adabiy atmosferasida yangi po'rtana bo'ldi. Mazkur turkumdan joy olgan, Yosh va iste'dodli shoir, tarjimon Rahmat Bobojonning "Ro'baro' " to'plami badiiy salmoqdor, insonga ko'rkam hissiyot va mushohada bera oladigan she'riy yaratiqlarni o'zida jamlagan. Buning ustiga, original o'xshatishlar, o'ziga xos yozarlik uslubi, she'rlardagi so'fiyona ruh kitobxonni lirik oqim bo'ylab olib yuradi. Masalan, shoir aytadi: Ishqning eskirmagan jandalarini Ko'ngil odamlari egniga yopib, Qaytadan tug'ilar ko'zim o'ngida Tangri ayamaydi bandalarini. "Muhabbat ul o'zi eski narsa, lekin har bir yurak uni yo'ng'ortadi", - degani edi Xodi To'xtash. Ishq, muhabbat tushunchasi shu qadar ko'hnaki, uning liboslari jandarib ketgan. Biroq kim uni egniga olsa, u yangilanadi. Oshiq qayta tug'iladi go'yo. E'tiborli jihati, shoir bu bilan Tangri bandalarini ayamaydi deydi. Ya'nikim Xudo biz bandalarni ishq bilan jazolagan. Bu shunday jazoki, insonlar usiz yashay olmaydi, uning borligi dillarga taskin, xalovat beradi. Bu oliy ishq - Yaratgan ishqidir. Muhabbat to'lqini bizni yangi-yangi tashbehlar sari yetaklaydi: So'ngra do'qillaydi. Sas qaytar asta, Ruhimga urilgan ko'hna asodan. Mening diqqatimni tortgani: "ruhga urilgan ko'hna aso" obrazi. Aso hassa degani. hassa esa, eng avvalo, ko'zi ojiz odamga kerak: yiqilib tushmaslik, ravon yo'l topish va yo'lning o'nqir-cho'nqirlarini sezish uchun. Endi bir o'ylab ko'raylik biz bandalarning muhabbatsiz so'qir odamdan nima farqimiz bor? Basharti muqaddas muhabbat tuyg'usi ko'nglimizni suyab turar ekan, biz kelgan hayot yo'limizdan zavqlana olamiz, uning chiroyidan bahramand bo'lamiz, ODAM bo'lib yashaymiz. Shu kabi oshiqona kechinmalar yana davom etadi: Bolalasin bul iztirobim Meni faqat ayama Alloh. Shoirning mazkur ikki misrasi Kaba atrofida hamma Yaratgandan gunohlarini kechirishni so'rab turgan bir paytda Qaysning Allohdan ishq azoblarini yana-da ko'paytirishini so'rab iltijo qilganini yodimga soldi. Tashqaridan o'ziga Xudodan dard, iztirob so'rash telbalikdan darak berar, lekin bu so'rov bejiz emas. Zotan dardlar Allohga yetaklaydi. Yoki: Tushun, axir qahrim toshlanar, diydor meni jazolamasa. Odam qachon qahrli bo'ladi, qachon diydasi qotib boshlaydi? Qachonki Xudo bilan yolg'iz qolmasa... Va o'shanda odam U bilan go'yo diydorlashadi, ruh Allohga yaqin boradi. So'fiyona kayfiyat yana davom etadi: Tushun axir umrim boshlanar, Ishq umrimga yakun yasasa. Tasavvuf adabiyotidan ma'lumki, haqiqiy umr insonning o'limdan keyingi hayotidir. Shoir esa shunchaki o'limni emas, balki ishq bilan o'lishni, go'zal intihoni istaydi: Qayerdasan, baxtiyor o'lim, Qayerdasan, go'zal intiho. She'riyat ko'rkam tarovat bilan birga og'riqlarni ham o'z bag'riga oladi. R.Bobojon "Hasratnoma"da yozadi: Kimmiz? Borliqni yutgan, Yo'qlik quchog'iga jo, Kechasini unutgan, Bugunidan mosuvo, Ertasidan bexabar. Savolning qo'yilishiga ahamiyat bersak, shoir "Kimman?" emas, "Kimmiz?" deydi. Demakki, millat o'laroq qo'yadi bu savolni. Millat qachon bu savolga javob topa oladi? O'ylashimcha, qachonki o'z tarixini to'la anglab, undan ochiq boxabar bo'lganida, uni tahlil qilganida. Afsuski, bilish u yoqda tursin, bu o'tmish unutilgan deydi shoir. Shu sababdan bugun millat sifatidagi qiyofamizdan mosuvo bo'lib borayotirmiz. Shu holatimizda ertangi kunimizning mavhumot ichidaligi turgan gap. "Oq qog'oz - shoirning joynamozi", - deydi Rauf Parfi. Shu sabab shoir: "Yozmasam eng katta gunoh bo'lardi", - deydi. R.Bobojon shoirlikni rutba, she'rni qismat bilgan ijodkor. Va bu qismat o'z intihosiga aylanishini xohlaydi: Bekorga olmasin jonimni Xudo, O'ldirsa faqat she'r o'ldirsin. Kuzning badiiy adabiyotdagi tasviri odatiy hol. Biroq har bir ijodkorning talqinida bu tasvir o'ziga xos to'n kiyadi. https://t.center/mendagi_mendaliklar/523
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily