Bugun nafaqat Turkiya balki butun Islom olamida, o'rta sharq, arab, o'rta osiyada shuxrat qozongan Qashqirlar Makoni serialining 22 yiligi.
22 yil oldin ushbu serialni 1 qismi namoyish etildi. Bilasizmi bu serial nima uchun bu qadar shuxrat qozongan ? Ushbu serialda Vatanparvarlik tuyg'usi Islomparvarlik tuyg'usi juda chiroyli aks etirib yoritib berilgan,bu serial Aqsh, Isroil va G'arb davlatlarning juda katta e'tirozlariga sabab bo'lgan. Hattoki Qashqirlar Makoni Iroq filmini NATO Qo'mondoni James Jones Nato askarlariga ko'rishni taqiqlagan. Germaniya amaldorlari filmni namoyishini davlatda taqiqlashga harakat qilishgan. Isroil esa Qashqirlar Makoni Falastin filmiga va Qashqirlar Makoni pistirmadagi Isroil bayrog'ini qonga botgan kadrlarini juda qattiq e'tiroz qilgan. Bu Serialni ko'rgan insonda Vatanini sevish hisi uyg'onadi ifloslika,zulmga qarshi adolat bilan emlanadi desam adashmagan bo'laman. Turkiya O'z xalqiga Mana shunday serial taqdim qildi. Bugungi zamonda kinoning ta'siri kuchli bo'lgani sabab, katta davlatlar filmlar orqali o'zini qurol yaroqlarini , g'oyalarini, namayon qilib xalqiga ishonch beradi qolganlarga o'z qudratini namayon qiladi. Qashqirlar Makoni nafaqat Turk xalqiga balki butun Turkiylarga mana shunday ,Vatanparvarlik ishonchini bera olgan serialdir. Bizda Turkiya deyilsa ulardagi Vatanparvarlik, Bayrog'ini sevish Ichkarida qancha tortushuv bo'lsaham yurt manfaati kelganda ateistham,musulmonham birlashishini aytib yodga oladi. Bu Serial juda ko'plab taqiqlarga duch kelgan hattoki Turkiyani nufuzli universitetlari,jurnalistlar, huquqshunoslar serialni olinishiga qarshilik bildirishgan ammo Bu Serial ko'rib turganigizdek tarix yaratdi.
Nima demoqchiman ? Biz O'zbeklar Millatga shunday film bera olmaymizmi ? Ho'rlangan kelin,qaynona kuyov, hiyonat, fohisha bunday filmlar bizga nima beradi ? Bizga Millati bir-biriga ahil qiladigan, Vatanparvarlik beradigan filmlar kerak emasmi? Ushbu filmlar orqali millatda muhabbat uyg'otishimiz kerak bizda bunday filmlar olish uchun, yoshlarga motivatsiya berish uchun, tarixiy shaxslarimiz judaham yetarli. Yoshlarimiz bolalarimiz Hollywood qahramonlarini emas o'zini millati, ajdodini kumer qilib ulg'aydigan filmlar kerak bizga. Insonlarni bugungi qiziqishdan kelib chiqib kino bilanham Avlodni emlash kerak, buzish emas. Kitoblar yetarli ammo hammaham kitob o'qimaydi bugun. Lekin 80% inson film ko'radi. Toqima tarzda bo'lsaham kichik avlod yoshlarimizga motivatsiya bo'ladigan vatanparvarlika, qadryatlarini sevadigan dushmanlarga nafrat qiladigan obrozlar yaratib millatni ruhlantirib ulg'aytirishimiz kerak. Vatanini sevgan inson har qanday ichki nizoga qaramay dushmlarga Vatan yo'lida birlasha oladi. Lekin biz yoshlarni bu ketishda olib ketadigan bo'lsak yengil tabiat avlodan boshqa hech nima yetishtirmasligimiz mumkin Vatan Omon bo'lsin
🔔 Rasmiy ma'lumotlardan doimiy xabardor bo'lish uchun obuna bo’ling🔔
🔗 Telegram kanalimiz
🔗 Telegram gruppamiz