#Qonunchilikdagi_yangiliklar Endilikda qonun loyihalari majburiy ravishda ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladiVazirlar Mahkamasining “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganlik darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2025-yil 22-yanvardagi 29-son qarori bilan qonunchilik hujjatlarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, endilikda qonun loyihalari majburiy ravishda, qonunosti hujjatlari zaruratga ko‘ra ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Ekspertiza tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Adliya vazirligi ilmiy ekspertizadan o‘tkazuvchi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat oliy ta'lim muassasalarining reyestrini yuritadi.
Ilmiy ekspertizada loyihaning nazariy va ilmiy asoslarga muvofiqligi, sohada mamlakatni rivojlantirish konsepsiya va strategiyalari, zamonaviy yondashuvlarga mosligi o‘rganiladi hamda loyihani takomillashtirish bo‘yicha takliflar beriladi.
Ekspertiza natijalari bo‘yicha loyiha ilmiy asoslanganligi, yetarli darajada ilmiy asoslanmaganligi yoki ilmiy asoslanmaganligi to‘g‘risida xulosa beriladi.
Ushbu xulosa loyihani Adliya vazirligi va qabul qiluvchi organlarga kiritishda ilova qilinishi shart.
Shuningdek, aholini oldindan xabardor qilish va jamoatchilik fikrini olish uchun vazirlik va idoralar o‘z ishlab chiqayotgan yoki ishlab chiqishni rejalashtirayotgan loyiha to‘g‘risida rasmiy veb-saytiga ma'lumot joylashtirib borishi shart. Ushbu ma'lumotda loyihaning mazmuni, taklif yuborish muddati va aloqa manzillari ko‘rsatiladi hamda kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalarini ham saytga yuklaydi.
Shu bilan birga, zarur hollarda bevosita manfaatdor tomonlar bilan muhokamalar tashkil qilingan holda ko‘rib chiqiladi.
📌 Kanalga ulanish