View in Telegram
Keling, bugun bilim haqida gaplashamiz Odamlar bilimni (ya’ni, ma’lumotni) yig‘adi, uni qayta ishlaydi va o‘zini doimiy takomillashtiradi. Sun’iy intellekt ham aynan shunday ishlaydi: u ma’lumotdan o‘rganadi, qayta ishlaydi va vaqt o‘tishi bilan yaxshilanadi. Lekin muhim bir narsa bor: o‘rganish sifati, ma’lumot sifati bilan bog‘liq. Agar sun’iy intellektga to‘g‘ri va sifatli ma’lumot berilsa, u ayrim sohalarda odamlardan ustun bo‘lishi mumkin. Lekin bu qoidani o‘zimizga ham qo‘llasak bo‘ladi — odamlar ham ko‘proq va aniqroq bilim olish orqali o'z ilm va bilimni sayqallab boraveradi. Masalan, maktabda yoki universitetda o‘qish, kitoblar o‘qish, yangi g‘oyalarni o‘rganish — bularning barchasi miyaning sifatli “oziqlanishi” uchun muhim. O‘z ustingizda ishlashga qancha ko‘p kuch sarflasangiz, shuncha kuchli bo‘lasiz. Shuning uchun, sun’iy intellekt “aqlliroqmi” deb tashvishlanmang. O‘zingizni rivojlantirishga e’tibor qarating. Sizda ham, sun’iy intellektda ham ulkan imkoniyatlar bor, lekin farqni aniqlaydigan narsa — sizning mehnatingiz va vaqtingizdir. 👉 Vaqtingizni behuda ketkazmang. O‘rganing, rivojlaning. @adkham_zokhirov
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily