O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova ALIPH jamgʻarmasi – madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro tashkilot vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda jamgʻarma ijrochi direktori Valeri Freland va ALIPH jamg‘armasi boshqaruvi raisi, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning madaniy hamkorlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili Bariza Hiari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatoriya qilishda hamkorlik istiqbollari hamda nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylashga qaratilgan dastur va loyihalarni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Alohida eʼtibor mintaqaning madaniy merosi va ekotizimini muhofaza qilishdan iborat boʻlgan Orol madaniy sammiti doirasidagi hamkorlikdagi ishlarga qaratildi.