View in Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shayx Ol Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy Xonim Oliyalari taklifiga binoan Qatarga safari davomida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova “Qatar Creates 2024” haftaligi doirasida tashkil etilgan zamonaviy san’at, madaniy meros va ijodiy sanoat tarmoqlaridagi innovatsiyalarga bag‘ishlangan qator diqqatga molik ko‘rgazmalarga tashrif buyurdi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Qatarning kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha hamkori sifatida madaniy almashinuv va san’at sohasidagi o‘zaro muloqotni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini yuksak qadrlaydi. Mazkur hamkorlikning yorqin misollaridan biri Mathaf: Arab zamonaviy sanʼat muzeyi bilan bahamjihat rishtalar bo‘lib, kreativ industriyani yuksaltirish, Oʻzbekiston va Qatar madaniy merosini xalqaro maydonda targʻib qilishga doir umumiy sa’y-harakatni aks ettiradi. Jamg‘arma mushtarak madaniy va ilg‘or maqsadlarga erishish hamda ikkala mamlakat uchun istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish maqsadida ushbu aloqalarni mustahkamlashga sodiqdir.
Telegram Center
Telegram Center
Channel