Eski yozgan she'rimni topib oldim😁
Bu shunchaki xazil she'r. Kuchli muhokama qilish shart emas 😂
Ko'cha to'la janonlar,
Qoshi qalin kamonlar.
Nima qilay, yoronlar,
Uylanib olsammikan.
Tunlar bo'lmas bedorlik,
Xatto yoqar bemorlik.
Bo'lardim-da xotinlik,
Uylanib olsammikan.
Qornim ochib yurmasdi,
Kiym-to'zib turmasdi.
Yurak bezovta urmasdi,
Uylanib olsammikan.
Yurmasdim to kechgacha,
Uxlomasdim tushgacha.
Payshanba kunigacha,
Uylanib olsammikan.
Yigit so'zdan qaytmasdan,
Hali hech kim bilmasdan.
Xotinimga aytmasdan,
Uylanib olsammikan.
Yorqinjon ✍
2023. Avgust.
https://t.center/Yorqinjon_shoir