Qashqadaryoda ayoli va 2 oylik chaqalogʻini oʻldirgan erkak oʻzini osib joniga qasd qildi
Erkak yashash xonadonida ruhiyatida sodir boʻlgan oʻzgarishlar oqibatida oshxona pichogʻi bilan ayoli va farzandini pichoqlab oʻldirgan.
Joriy yilning 24-noyabr kuni Kitob tumani “Oqsuv” MFY, Xoʻjaisparoz qishlogʻida yashovchi 1998-yilda tugilgan erkak shu kuni soat 13:00 atrofida yashash xonadonida ruhiyatida sodir boʻlgan oʻzgarishlar oqibatida oshxona pichogʻi bilan 1996-yilda tugʻilgan turmush oʻrtogʻi hamda 2024-yilda tugʻilgan qizini qasddan oʻldirgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.
Shundan soʻng, u yashash uyining xoʻjalik binosida arqondan sirtmoq yasab, oʻzini osib oʻz joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani prokurori tomonidan JKning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Gumonlanuvchi shaxs (marxum) 2006-yildan buyon viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida roʻyxatda turgan.
👉@YOL_YOLAKAY