7-sinfda kimyo o‘qituvchimiz: “Qizlar 8-sinfgacha yaxshi o‘qiydi”, deb bir o‘gʻil bola sinfdoshimni yaxshi o‘qiy boshlagani uchun ruhlantirgandi.
Ustozning bu gapi menga gʻalati eshitilgan. Chunki men juda talabchan, ham a’lochi, ham faol o‘quvchi qiz edim. Ustoz shunaqa dedi deb ayamga aytib kelganimda ayam: “Baloni yepti!” degan ochiqchasiga.
Rostan ham, ta’lim borasidagi bu fikr gʻirt uydurma.
Bunday fikrning tugʻilishiga sabab esa rivojlanmayotgan muhit va o‘zlikka borib taqaladi. Qizlarni erta turmushga berish va shu masala atrofidagi ba’zi tadbirlar qizlarning xayolini chalgʻitib qo‘yishi mumkinligiga ishora xolos. Ammo bu ayollar intelektiga ta’sir qiladi degani emas. Hozirgi kuzatuvlarim natijasida shuni ayta olamanki, o‘z ustida ishlagan har bir shaxs, jinsidan qat’iy nazar, yaxshi ta’lim ola oladi.
@Xolida_Musulmon