“Substansiya” haqida hamma gapirdi. Harror darajasi rostan yuqori, ustiga-ustak ayol o‘laroq tomosha qilsangiz jarayon davomida ruhiy azob ham beradi. Go‘zallik standartlari ayol-qizlarga bosim, baxtsizlikka eltayotganiga ham guvoh bo‘lasiz, ayolga va uning tanasiga buyumdek munosatda bo‘lish tufayli shunday komplekslar shakllanadi.
Ayolning baxti nimada?
Go‘zallikmi?
Sevgimi?
Balki salomatlikdir?
Muhimi, qalb go‘zalligi, deya o‘zidan avliyoni yasayotgan ba’zi erkaklarning ulugʻvor so‘zlariga ishonish qiyin. Aks-holda bunday ayanchli film yaralmasdi ham.
@Xolida_Musulmon