View in Telegram
Bolaligimda Onam maktabga ketyotganimizda non va qaynagan suvni sumkamizga solib qo‘yardi. O‘zim uchun qaynagan suv solyotganimda yodimga tushdi. Hali maktabga chiqmagan paytlarim opamnining yuzidan o‘pib “5 ta 5 opkel” deb kuzatyotganda men ham yugurib chiqib: “25 ta 5 opkel”-derdim. Ilk bor maktabga yo‘l olgan kunlarimda ayam peshonamdan o‘pib: “25 ta 5 opkel, qizim”, degandi. Mening dimogʻim chogʻ bo‘lib, maktabga yaxshi kayfiyatda ketar, bu energiya kun bo‘yi tark etmasdi. Qolaversa, maktabdan kelgach nimani o‘rgangan bo‘lsam hammasini ifodali so‘zlab berardim: “Zahiriddin Muhammad Bobur onasini “Hazrati Onam” deb chaqirar ekan, Onalari ham farzandini “Turing, o‘gʻlim, sizni buyuk ishlar kutyapti”, deya uygʻotar ekan”. Shundan so‘ng bu iboralar bizning oilamizga ham ko‘chgandi. Oilada 4 farzandmiz. Onam har birimiz uchun ilhom manbayi. To‘rt farzand ham o’qidik. Erishganimizdan-da maqsadlar hamon ulugʻvor, to‘xtab qolganimiz yo‘q. Yuqoridagi kabi xotiralarni yod etsam doim o’zimga: “Eng kamida Onamday Ona bo‘laman”, deya va’da beraman. Ha aytgancha, shuncha qitmir bo‘lsam-da, ayamdan eng kam tayoqni men yeganman. 😆 @Xolida_Musulmon
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily