View in Telegram
Jiyanim Muxtorga rahmatli Otam(bobom) haqida kitob yozamiz, dedim. U uchun kitob yozish juda mushkul bo'lib ko'rindi. Unga hayotingdagi Ota obrazi haqida, birga o'tgan damlaring haqida gapirib berasan, deb har xil voqealarni eslatdim. U meni hissiyot bilan jo'shib tinglayotgani ko'rinib turardi. Keyin misol tariqasida Xudoyberdi To'xtaboyevning "Jannati odamlar" asari va bobosi haqida hikoya qilgan yozuvchi haqida gapirib berdim. Bu kitobni yaqinda unga bergandim, lekin hali o'qimagandi. Men Amakimlarnikida 3 kuncha yurgan bo'lsam, Muxtor har kuni bu kitobni o'qir va o'z hayotidagi xotiralarning asardagi o'xshashliklari haqida so'zlab berardi. Hozir esselar o'qirkanman, shularni eslayapman. Hayotimdagi mungli, ta'sirli voqealar, ayniqsa bobom haqida yozishim kerakligini yana bir bor anglayapman. Chunki har bir yurak katta asar. Ammo biz buni payqamaymiz. Real hayotga qalbimizni qurbon qiluvchi og'ochdek qaraymiz. Muxtor ham Otam haqida nima yozishi menga qiziq... Uni o'qib yig'lash yanada ta'sirli Shunchaki fikrlarim bilan bo'lishmoqchi edim, menimcha, chalg'ib ketdim...
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily