View in Telegram
Asta oʻlib boradi, kimki sayohat qilmasa, Kimki oʻqimasa, Kimki musiqa tinglamasa, Kimki oʻzligini topolmasa. Asta oʻlib boradi Kim oʻziga ishonchini yoʻqotsa, Kim oʻziga yordam bermasa. Asta oʻlib boradi, kim sevgini yanchib oʻtsa, Omadsiz yoki tinmayotgan yomgʻir haqida soʻzlab Kunlarini tinimsiz shikoyat-la oʻtkazsa. Asta oʻlib boradigan odam rejalarin boy berar, Hatto urinib koʻrmas boshlashga, Kim oʻziga nomaʼlum dalillar haqda savol bermasa, Va kim undan bilganlari haqida soʻrasa indamasa. Asta oʻlib boradi, kim odatlar quliga aylansa, Har kuni bir xil yumushni bajarsa va ishga qatnasa aynan bir yoʻnalishda Hech qayerga burilmasa, Libosi rangini oʻzgartirishga qoʻrqsa, Begonalar bilan gaplashmasa. Asta oʻlib boradi, kim ehtirosdan qochsa, Kulish oʻrniga esnasa. Oq rang ichida qorani va “i” harfi ustidagi nuqtani koʻrsa, Hislar bilan birga boʻlish oʻrniga Koʻzlaring porlashiga va yurak tez urishiga Sabab boʻlgan odamdan nari boʻlsa Xatolar va tuygʻulardan uzoqlashsa. Asta oʻlib boradi, kimki stolni aylantirmasa, Ishxona yoki muhabbat bobida omadsiz boʻlgan payt  taqdir zarbalarini yengmasa, nomaʼlum narsa uchun oʻzini xavf ostiga qoʻymasa orzular ortidan bormasa, kimki hayotida biror marta ham nasihatlardan bezmasa... Oʻlimdan mayda qadamlar bilan uzoqlashishga harakat qilamiz, tirik ekanimizni hamisha yodda tutib, katta quvvat talab qiladi nafas olish uchun harakat qilish. Bugun bilan yasha! Bugun tavakkal qil! Bugun bajar! Asta-sekin oʻlib borma! Baxtli boʻlish uchun oʻzingga toʻsiq qoʻyma! Pablo Neruda Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori @baxt_va_hayot_maktabi
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily