"Tarbiya kitobi" dan hikmat teramiz!!
1. Bolasiga marhamat ko'rsatmaganga Alloh ham marhamat qilmaydi.
(Hadisi sharifdan)
2. Siz bolangizni jim o'tirishga o'rgating, vaqti kelgach gapirishni o'zi o'rganib oladi.
(Hikmatdan)
3. Har aytilgan so'z bola shaxsiyatini ulg'aytirishga qo'yilgan bir g'ishtdir.
(Yahyo ibn Muoz o'gitlaridan)
4. Agar tilingni ortiqcha so'zlardan tiya olmasang, unda tiling jilovini shaytonga topshirgan bo'lasan.
(Az-Zamaxshariydan)
5. ..Bola edi - ko'zim qiymadi,
Katta bo'ldi - bas kelolmadim.
(Maqoldan)
6. Sihat tilasang - ko'p yema,
Izzat tilasang - ko'p dema.
(Hikmatdan)
7. Ming yil o'qisam va mendan: "Nimani bilasan?" deya so'rashsa, javob beraman: "Haddimni bilaman!"
(Jaloliddin Rumiydan)
8. Haddini bilgan kishilarning qadriga yetish kerak.
(Said Ko'shk naqlidan)
9. Mehribon bo'lish yetarli emas, e'tiborli ham bo'lish zarur.
(Amiel kundaliklaridan)
10. Bolani so'ksang - beti qotar,
Ursang - eti qotar.
Mehr - gul, qahr esa tikandir.
11. Daraxtdan meva olaman desang,
Niholligidan parvatish qil.
12. Erinchoq ikki marta ishlar,
Oxirida barmog'ini tishlar.
(O'zbek xalq maqollaridan)
@baxt_va_hayot_maktabi