View in Telegram
Forwarded from UzGeeks Community
Jamoamizga xush kelibsiz! Jamoamiz haqida uzgeeks.uz (https://uzgeeks.uz/) da ma'lumot olishingiz mumkin Qisqacha tartib-qoida va savol berish odob-ahloqi haqida: 1. Jamoadagilar telepat emas, savolni aniqroq, qo’shimcha ma’lumotlari bilan bering, biz siz nima istayotganingizni tushuna olaylik. Bu yerga to’liq savolni berishga erinsangiz, jamoamiz tomonidan yaratilgan http://yordam.uz ga savolni joylab yoki http://ideone.com/, http://codepen.io/ servislarida kodni ishlatib, ushbu guruhga havolani tashlashingiz mumkin. 2. Biz siz uchun uy vazifangizni bajarmaymiz. 3. Sizdan savolingizni o’rtaga tashlashdan oldin u bo’yicha o’zingiz qandaydur izlanish olib borib, kamida googlelab, keyin o’rtaga tashlashingizni kutamiz. 4. Xuda-behuda oldi-qochdi, ITga aloqasi yo’q mavzularni ko’tarib, shuncha insonni bekorga bezovta qilmaysiz deb umid qilamiz. 5. Savollarni bir xabar ko’rinishida, bo’laklarga bo’lmay, imkon qadar imloviy xatolarsiz("odno" stilda yozish qat'iyan qoralanadi), #savol tegi bilan tashlashingiz maqsadga muvofiq. Javoblarni ham #javob tegi bilan ko’rsatish nur ustiga a’lo nur bo’lur edi. 6. Jamoadagilar bilan xushmuomala, o’zaro hurmat va izzat bilan munosabatda bo’lishingizga ishonamiz. 7. Jamoamiz guruhdagi xabarlarni siyosiy, diniy, sevgi-muhabbat, reklamalar, dastur yoki saytlarni buzish(umuman buzg'unchlik mavzusidan) va stickerlardan holi bo’lishi tarafdori. 8. Jamoadagilar Siz uchun kompyuter tanlash, Windows o'rmatish, Word, Excel kabi dasturlarda hujjatlarni o'zgartirish, kompyuterni virusdan tozalash kabi ishlarni bajarishmaydi(bunday mavzular uchun maxsus https://t.center/uzgeeksflood guruhimiz mavjud)! 9. Ushbu qoidalarimizga rioya qilasiz deb umid qilamiz va adminlar tomonidan keskin chora ko’rish darajasigacha olib bormasligingizga ishonamiz.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily