#Prezident_topshirigʻi_amalda✅Xabaringiz bor, bugun
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida oliy ta’lim tashkilotlarini 2025-yilda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash hamda faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov rahbarligidagi
Respublika ishchi guruhi tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.
✅O'rganish ishlari kunning ikkinchi yarimida yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosarlari ishtirokida davom etdi. Unda
Talaba va o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori A.Akramov,
Urganch davlat universiteti birinchi prorektori D.Ibadullayev hamda fakultet yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosarlari qatnashib, yurtimizda yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish, oliy taʼlim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, universitetda talabalar ishtirokida olib borilayotgan ishlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda yoshlar maʼnaviyatini shakllantirish borasidagi muhim masalalar haqida muhokama etildi. Shuningdek, Yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosarlariga
Talaba va o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori A.Akramov tomonidan metodik tavsiyalar berildi.
©️UrDU Matbuot xizmati🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube