Kimyo va Biologiyadan boʻladigan Milliy sertifikat imtixoni qanday boʻlishi haqida.
1. Milliy sertifikat imtixonida yozma ishda har bir qoʻshish, ayirish amaligacha maydalab yozish kerak. Ya’ni uslubizda hech narsa qolib ketmasligi kerak. Qoʻpol qilib aytganda nuqta verguligacha yozishiz kerak. Misol uchun metodikani toʻgʻri qilib arifmetik amallarda xato qilsangiz metodika uchun ball olasiz, arifmetika uchun berilgan ballni yoʻqotasiz.
2. Yozma ishlarda masala boʻlimida 0-3 baholash boʻlsa, 0 dan 3 ballgacha ololasiz degani.
3. 41, 42, 43 ni har biri uchun alohida javoblar varaqasi beriladi. Yozganda 41 va 42 ni yoki 43 ni adashtirib yozib yubormang
4. 43-savol anorganik kimyo yoki kimyoviy tahlildan tushadi.
5. Yozma ishni respublikadan maxsus tanlab olingan tekshiruvchilar elektron sayt orqali kirib tekshiradi. Misol uchun 100 lab tekshiruvchilar jalb qilingan boʻlsa, sizni savolizni 2 kishi tekshiradi. Misol uchun Samarqanddan 1 kishi tekshirsa, 2-kishi boshqa viloyatdan(misol uchun Andijondan bo’ladi) tekshiradi. Agar ikkalasi orasida farq chiqmasa shu ball olinadi. Agar farq chiqsa 3-tekshiruvchi Baholash(sobiq DTM) hodimi boʻladi. Va tekshiruvdan oʻtkazib ballni belgilaydi.
6. 1- dan 40-savolgacha boʻlgan testlar Rash modelida tekshiriladi. Maksimal ball 80 ham 75 ham 90 ham boʻlishi mumkin. Buni Rash modeli belgilaydi.
7. Yozma ishdan olgan baliz bilan testiz bali qoʻshiladi va oʻrtachasi topiladi. Va shu balingizga qarab daraja beriladi.