View in Telegram
Dilbar Haydarova O’zbek miflariga qiziquvchi do’stlarim uchun Mortu haqida qisqa ma’lumot. Xalq og‘zaki ijodida insonga zarar beruvchi ayol qiyofasidagi kuchlarning o‘ziga xos o‘rni mavjud bo‘lib, bu kategoryada Qora Umay, Alvasti, Sariq qiz, Mortu, Ajina, Maston kabilarni sanash mumkin. Mana shunday xayoliy obrazlardan biri Mortu bo‘lib, professor Fuzuli Bayat ga ko‘ra bu nom turkiy xalqlar ichida faqat o‘zbeklarga xosligi bilan ahamiyatli. Martu, Mortu yoki Mortucha nomlari bilan ataluvchi ushbu obrazning tashqi qiyofasida qator o‘ziga xosliklar mavjud. Bir yarim metrli bo‘yi, uzun sochlari bilan Andersen ertagidagi Rapunzelni eslatib yuboruvchi bu obraz insonlarga zarar berishi, erkaklarni yo’ldan ozdirishi bilan mashhur. Mortu qisqa bo‘yli, malla sochli qiz qiyofasida tasavvur etiladi. Professor Olim Qayumovning tadqiqotlariga ko‘ra, Motru hammaga ham ko‘rinavermaydigan, ayol qiyofasidagi parilardan biridir. Mortuning odatiy parilardan farqi, ko‘kraklari uzun va bo’liq bo’lib yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Yana bir o’ziga xosligi yo‘lida uchratgan odamini aqldan ozdirib, oxir-oqibatda telbaga aylantirib o‘ldiradi. Mortuga duch kelgan inson darrov uning sochlaridan burab tutib olishi kerak va ozor bermasligi haqida va’da olishi lozim. Aksi taqdirda Mortu odam bolasini halokatga yetaklaydi. Toshkent viloyati Bekobod tumani Xos shaharchasida olib borgan tadqiqot ishlarimiz natijasida mahalliy aholi orasida Mortu obrazi hamon yashayotganiga guvoh bo’ldik. Qisqa bo’yli, uzun sochli qiz tasavvuridagi Mortu xalq leksikasiga ham o’tgan. Qo’lidan tayinli ish kelmaydigan, epsiz qizlarning onalari “Mortuga o’xshamay ket” deya tanbeh berishadi. Mortuning ilk surati rassom do’stimiz Elnur Egamov mo’yqalamiga mansub.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily