View in Telegram
Qoʻl kuch va hokimiyat ramzidir. Shuningdek, qudrat, sadoqat, ahillik, homiylik, ishonch ham qoʻllar timsolida ifodalanadi. Hind-Eron anʼanasida "Uzun qoʻlli" deya sifatlash majburiy tartibda "maʼbudlar" va hukmdorlarga nisbatan qoʻllangan. Uzun qoʻlli – himoyalash va davolash uchun qoʻl uzatishga qobil demakdir. Zardushtni "Uzun qoʻlli" deb atashgan. Qadimgi rus knaz xonadoni – Dolgorukiylar nomi ham shundan kelib chiqqan. Geraldika va emblematikada bulutlardan chiqib turgan qoʻl ilohiy harakatni ifodalagan. Oʻrta asr hukmdorlarining ramzlaridan biri "Odil qozilik qoʻli" boʻlgan. Zoʻrlik ishlatmaslik gʻoyasi jaynizm emblemasida ochiq kaft tasvirida aks etgan. Yapon buddizmida ming qoʻlli Kanon keng qamrovli hamdardlik va koʻmak timsoliga aylangan. Koʻpincha, oʻng va chap qoʻllarga ayricha maʼno beriladi. "Tinchlikda chap qoʻl faxrliroq, biroq urushda oʻng qoʻl eʼzozliroq. Qayerda quvonch boʻlsa – chap tomonga hurmat, qayerda yovuzlik boʻlsa – oʻng tomonga ehtirom" ("Dao de Szin"). Baʼzi dinlarga koʻra, muruvvat koʻrsatish uchun Parvardigorga oʻng qoʻl, jazolash uchun esa chap qoʻl xizmat qiladi. Umuman olganda, hamma joyda oʻng qoʻl ustun turuvchi hisoblanadi. "Asosiy yordamchi" maʼnosida ham "Oʻng qoʻl" iborasi ishlatilishi shundan kelib chiqqan. Qoʻl barmoqlarining ramziy maʼnosi son timsollari bilan bogʻliq. Besh soni inson va uning salomatligi, farovonligi bilan bogʻlanadi. Oʻrta asrlar tasnifida jimjaloq ishonch va ezgu irodani, nomsiz barmoq – pushaymonni, oʻrta barmoq – muruvvatni, koʻrsatkich barmoq – tiniq aqlni, bosh barmoq – ilohiylikni bildirgan. Barmoqni qurbon qilish odati baʼzi xalqlarda uchragan. Bunda u insonning oʻrnini egallagan. Hindu asotirida Shiva Kalining muruvvatiga erishish uchun barmogʻini kesgan. Hindistonning baʼzi viloyatlarida onalar bolasini yoʻqotishdan qoʻrqib barmogʻini kesgan. Dilrabo Mingboyevaning "Timsollar tilsimi" kitobidan... Timsollar tilsimi
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily