O'tish metafizikasi marosimi yoxud “Havo” oshkor qilgan isitma – Telegraph
https://telegra.ph/Otish-metafizikasi-marosimi-yoxud-Havo-oshkor-qilgan-isitma-12-01
Zaminimizda qish oyoqlanyapti. Unga qo'shilib “Havo” ham. “Havo” orqali esa sariqlanayotgan hislarning yuqumlari va zehniyatimiz sari emaklayotgan yangi bir tafakkur... Yuqumlanayotgan va emaklayotgan qismlarni ikkiga kesib tahlil qilamanki, birida sizgayam, mengayam ustiga binolar qurib tashlagan urbanistik ruhiyatimizda nafas olish uchun bo'sh joy ( Antonino o'z filmlarida ochiq, bo'm-bo'sh makonlar orqali urg'ulaganidek) qolsin – bu bo'sh joy esa sizu mendan “havo” ga to'yish uchun singishni talab etadi, ikkinchisi esa yangi havo sipqoruvchilarga bo'sh joy ochish uchun iyulning qovjiragan harorati ichida bahoriy shabadani tanangizning eng so`nggi irodasi orqali hosil qilishni…