View in Telegram
Tarixning saboqlari
Photo
Ibn Xaldun o‘z asarlarida farqlarni ta’kidlagan, ammo doimo cheklangan holda va ko‘pincha bilvosita ifodalagan. Uning tarixchi sifatida faoliyat olib bormagani esdan chiqarmaslik kerak. U asosan huquqshunos bo‘lgan va tarixga ikkilamchi qiziqish bilan yondashgan. Ayniqsa, u o‘zining hayotiy tajribasidagi noodatiy vaziyatlardan boshqalar uchun saboq (ibrat) bo‘ladigan narsalarni topishga umid qilgan. Uning "Tarjimai hol" asari turli voqealarni qamrab olsa-da, U asardagi hech bir voqea 1401-yilda Damashqda Amir Temur bilan uchrashuvi kabi ta’sirli emas. O‘sha vaqtda Temur Misrning Damashq shahriga hujum qilgan, ammo shahar hali taslim bo‘lmagan edi. Oxirgi yigirma yil davomida Temur Chingizxondan keyingi eng daxshatli va muvaffaqiyatli sharqlik jangchi sifatida tanilgan edi. Temur Chingizxonning ikki ma’noda vorisi edi. U turkiy va musulmon bo‘lsa-da, onasi orqali mo‘g‘ul qoni va shamanistik e’tiqodga (bu yerda Amir Temur shaman deyilmayabdi) ega edi. Eng muhimi, u harbiy yurishlar orqali universal hukmronlikka intilish mo‘g‘ul idealini meros qilib olgan edi. U Shimolda Moskva, janubda Dehli va g‘arbda Izmirgacha bo‘lgan hududlarni talon-taroj qilgan va qirg‘in uyushtirgan. Dushmanlar musulmon bo‘ladimi yoki yo‘q, farqi yo‘q edi: barcha bosib olingan hudud aholisi mahbus sifatida qaraldi, ba’zilari qiynoqqa solindi, ko‘pchiligi qatl qilindi, qolganlari esa xavf ostida edi. 1401-yilning yanvarida Ibn Xaldun Temur tomonidan Damashq tashqarisidagi qarorgohda qabul qilindi. Temur shaharga hujum qilayotgan paytda Ibn Xaldun o‘z hayoti uchun xavotirda edi. Ammo u Temurning ba’zan shafqatli bo‘lishini va u oldinlari ham olimlar va tasavvuf ahli bilan do‘stlashganini eshitgan edi. Ibn Xaldun Temurning ishonchini qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Bu uchrashuvlar tafsiloti uning tarixchi sifatida qilgan ishlarini asoslashga sabab bo‘ldi. U nafaqat mamluk asirlarini afv etishda rol o‘ynaganini da’vo qildi, balki Temurda o‘zining fikriyatiga dalil ko‘rdi. Unga ko‘ra, har qanday sivilizatsiyada shahar va qabila o‘rtasidagi, cho‘l va shahar, og‘zaki va yozma madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyat hamda bog‘liqlik mavjud edi. Ibn Xaldun o‘zining hayotiy maqsadini Temur haqidagi tasvirida aks ettirgan bo‘lishi mumkin: "Bu podshoh Temur podshohlarning eng ulug‘laridan biridir. Ayrimlar uni ilm egasi deb hisoblashsa, boshqalar uni erish deb biladi, chunki u ahl al-baytga (Ali avlodiga) moyillik bildiradi. Yana ayrimlar uni sehr-jodudan foydalangan deydi, ammo bularning barchasi noto‘g‘ri; u juda aqlli va ziyrak, o‘z bilgan va hatto bilmagan narsalari haqida munozara va muloqot qilishni yaxshi ko‘radi." Bu ifodaning oxirgi qismi Ibn Xaldun uchun epitafiya* bo‘lishi mumkin edi, hatto uning "Muqaddima"si qoldirgan meros bo‘lmasa ham: "u juda aqlli va ziyrak, o‘z bilgan va hatto bilmagan narsalari haqida munozara va muloqot qilishni yaxshi ko‘radi." Aynan shu bilim va bilish chegaralarini sinovdan o‘tkazish qobiliyati uni o‘z zamonasining odatiy ziyolisi emas, balki aqlni tadqiq etuvchi buyuk shaxsga aylantiradi. *Epitafiya — qabrlarga yoziladigan qisqa matn bo‘lib, marhumning hayoti, fazilatlari yoki xotirasiga bag‘ishlangan yozuvdir. Bu matn odatda qabr toshiga yoki yodgorlikka o‘yib yoziladi va ko‘pincha she'riy shaklda bo‘ladi. Epitafiyalar insonning yaxshi xotiralarini yodda saqlash yoki o‘ziga xos hayotiy haqiqatlarni ifodalash maqsadida yoziladi. Ba'zan ular diniy, falsafiy yoki kulgili ohangda ham bo‘lishi mumkin. Epitafiyalar qadim zamonlardan buyon qo‘llanib kelinadi va turli xalqlarning madaniyatida o‘ziga xos shakllarga ega. @Tarixning_saboqlari
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily