View in Telegram
Tarixning saboqlari
Photo
Damashqdagi Buyuk Masjid (Ummaviylar masjidi) 1069-yilda ismoiliy fotimiylar va boshqa shialar o‘rtasida yuz bergan to‘polonda yong‘in chiqishi oqibatida jiddiy zarar ko‘rgan. Biroq, bu hodisadan ko‘p o‘tmay masjid qayta ta'mirlangan. O‘sha davrdagi bino ikki sayohatchi Ibn Jubayr (1185) va Ibn Batuta (1355) safar kundaliklarida tasvirlangan. 1400-yilda buyuk bosqinchi Amir Temur Damashqni egallab olgan va shahar mo‘g‘ullar qo‘l ostida bo‘lgan vaqtda Buyuk Masjid yong‘in natijasida deyarli butkul vayron bo‘lgan. Tarixchi Abu-l Mahosin yong‘in Amir Temurning buyrug‘i bilan chiqilganini aytsa, Ibn Xaldun bu hodisa shahar hujum bilan olinayotgan paytda yuz berganini ta'kidlaydi. “Zafarnoma” muallifi esa (Nizomiddin Shomiy) yong‘inni tasodifiy deb biladi va Amir Temurning uni o‘chirish uchun qo‘lidan kelgan barcha choralarni ko‘rganini, ammo qoʻlidan hech narsa kelmaganini yozadi. Bu paytda Amir Temurning lagerida mashhur Bavariyalik sayyoh Shiltberger ham bo‘lgan. Uning safarlariga oid hikoyalar "Hakluyt Jamiyati" tomonidan keyinchalik nashr etilgan. Quyidagi iqtibos ko‘p muhim ahamiyatga ega, chunki bu voqealarning guvohi bo‘lgan Shiltbergerning fikri, garchi u Amir Temurga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lsa-da, yong‘in haqida ma’lumot beradi: "Keyin Temur Damashq shahriga hujum qilib, uni kuch bilan egalladi. Shaharning qo‘lga kiritilganidan ko‘p o‘tmay, uning huzuriga Geyt (ya’ni musulmon ruhoniy) keldi va uning (Amir Temurning) oyoqlariga yiqilib, o‘zi va ruhoniylari uchun rahm-shafqat so‘radi. Temur unga va ruhoniylariga ibodatxonaga (ya’ni Buyuk Masjidga) kirishni buyurdi. Shunda ruhoniylar o‘z xotinlari, bolalari va ko‘plab boshqa odamlarni himoya uchun ibodatxonaga olib kirishdi. Bu joyda yosh va qari bo‘lgan jami o‘ttiz mingga yaqin odam to‘plandi. Endi Temur askarlariga shunday buyruq berdi: ibodatxona to‘lganida ichkaridagi odamlarni u yerga qamab qoʻying. Bu buyruq amalga oshirildi. So‘ngra ibodatxona atrofida o'tin qo‘yilib, yoqildi va ichkaridagi barcha odamlar halok bo‘ldi." ("Ioann Shiltbergerning Qulligi va Safarlari, 1396-1427" kitobidan, 23-bet; Hakluyt Jamiyati nashrlari.) @Tarixning_saboqlari
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily