Turk xalqlarini bo‘lish uchun rus siyosiy texnologlari qozoqlarga tarixan hech qanday asosga ega bo‘lmagan sartlarga (ya’ni, o‘zbeklarga) nisbatan yomon munosabatni singdirishdi va go‘yoki qozoqlar so‘nggi 600 yil davomida musulmon emas, balki “tangrichilar” bo‘lgan degan tushunchani yoyishdi. Qirg‘izlarga esa ularning “qadimiyligi” orqali barcha turklardan ustunlik kompleksi singdirildi. No‘g‘aylarga faqat ular Ulug‘ Ulus va Qrim xonligining merosxo‘rlari ekanligi uqtirildi. Tatarlar va boshqirdlarga esa qozoqlar va o‘zbeklar o‘rtasidagi kabi o‘zaro yomon munosabatni shakllantirishdi va hokazo.
Turk xalqlarini bo‘lib tashlash ularni ko‘p sonli, katta armiyaga va atom quroliga ega Rossiya va Xitoyga qarshi yolg‘iz qoldirish oson bo‘lishi uchun kerak. Shunda qozoqlardan foydali qazilmalarni arzon narxda sotib olish mumkin; qirg‘izlar va o‘zbeklar Rossiyada arzon ishchi kuchi bo‘ladi; uyg‘urlar va qozoqlar kontslagerlarda saqlanishi kerak; tatarlar, boshqirdlar, no‘g‘aylar, tuvlar, saha-yoqutlar va boshqalar Moskvaning bosqinchilik urushlarida “go‘sht” bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Barcha turklar Afrosiyobning farzandlari, barcha tengdir: qirg‘iz qozoqdan, qozoq sart-o‘zbekdan, boshqird tatardan, turk saha-yoqutdan yaxshiroq emas va hokazo. Aksini da’vo qilganlar – turklarga va o‘z xalqiga dushmandir.
Aynan shu sabab, 250 million turk Rossiya, Xitoy, AQSh va Yevropa bilan teng huquqli muloqot qilishi uchun - Turon kerak.
Nurlan Saltayev, tarixchi mutaxassis
@erontahlili