Turkiyaning Suriyadagi bo’lajak harbiy amaliyotlari: maqsad va oqibatlar
Anvar Qodirov, mustaqil tadqiqotchi
Yaqin oylarda Turkiya Suriyada kurdlarga qarshi kurash niqobi ostida yangi harbiy amaliyotni
boshlashi mumkin. Turklar ssenariysi bo’yicha Suriyaning shimoliy hududlari to‘liq nazorat ostiga olinadi, Turkiya esa o‘z ta’sir hududini markaziy Suriyaga qadar kengaytirishi ehtimoldan xoli emas.
I. Bu kontekstda, Erdog‘an kurdlarga qarshi kurash orqali qator strategik maqsadlarga erishmoqchi:
Birinchidan, ichki siyosiy bosimni yumshatish. Kurdlar Turkiya uchun “beshinchi kolonna” bo‘lib, G‘arb Erdog‘anga bosim o‘tkazish uchun ularni qo‘llashda davom etmoqda.
Ikkinchidan, elektoral ustunlik. Mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz, yuqori inflyatsiya va aholi daromadlarining pasayishi tashqi siyosiy muvaffaqiyatlar bilan qoplanishi mumkin. Erdog‘an xalqqa yuqori maoshlar va arzon uy-joylar o‘rniga “Usmonlilarning ulug’ merosi” g‘oyasini taklif etmoqda. Bu g‘oya, jumladan, Liviyadan Yoqutistongacha bo‘lgan “turkiy dunyo” xaritalarida aks ettirilayotgan geosiyosiy manfaatlarda yaqqol ko‘rinadi.
II. Biroq, Anqara o’z ekspansiyasi yo’lida yetakchi davlatlarning qarshiligiga duch keladi.
Ekspertlar aytishicha, mintaqadagi ikkinchi (birinchisi Turkiyaning o’zi) ekspansionist davlat - Isroil birinchi bo’lib turklarga qarshi chiqadi. Bu borada Isroilning Turkiya bilan harbiy to‘qnashuv ehtimoli Eron bilan solishtirganda yuqoriroq ekanini qayta-qayta takrorlashi e’tiborni tortadi.
Qizig’i shuki, bo’lajak urushda Isroilga uning an’anaviy ittifoqchisi AQShdan tashqari Rossiya ham yordam berishi taxmin qilinmoqda.
Tel-Aviv va Moskvani hech bo’lmasa qisqa muddatga bog’laydigan asosiy narsa bu - Turkiyaga nisbatan umumiy dushmanlik ruhi. Bundan tashqari, Rossiya-Ukraina urushi masalasida Isroil o‘z bayonotlarida ehtiyotkorlikni saqlamoqda.
Shunday qilib, Turkiyaning Suriyadagi ehtimoliy amaliyotlari nafaqat mintaqaviy muvozanatga, balki xalqaro aloqalarga ham sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Erdog‘anning tashqi siyosiy tashabbuslari uning ichki siyosatidagi zaif nuqtalarni qoplashga yo‘naltirilgan bo‘lib, mintaqadagi davlatlar o‘rtasida yangi geosiyosiy bloklarning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Ushbu jarayonda 2025-yildagi Rossiya va Isroilning Turkiyaga qarshi munosabatlari diqqat bilan kuzatilishi kerak bo‘ladi.
Strategic Focus: Central Asia