Vashingtondan kelayotgan ma'lumotlarga ko‘ra, Donald Tramp administratsiyasi Yaqin Sharqdagi AQSh ta’sirini tezda tiklashga va Saudiya Arabistoni hamda Isroil bilan aloqalarni mustahkamlashga kirishmoqda. Saudiya Arabistoni – Isroil – AQSh uchburchagining shakllanishi yangi strategiyaning asosiy elementi bo‘lib, nafaqat mintaqaviy jarayonlarga, balki Yevropa, Afrika va Hind-Tinch okeani mintaqasidagi geosiyosiy vaziyatga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bu kontekstda yangi prezidentning tashqi siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Birinchi, Eronni maksimal bosim ostida ushlash. Tehronni izolyatsiya qilish siyosati daromad manbalarini qisqartirish, proksi-guruhlarni kuchsizlantirish va diplomatik izolyatsiyani kuchaytirishni o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi, Isroil bilan ittifoqni mustahkamlash. Vashington, ehtimol, “ikki davlat yechimi” qo‘llab-quvvatlashdan voz kechadi va Isroilning G‘azo hamda G‘arbiy Sohil bo‘yicha rejalarini amalga oshirishga e’tibor qaratadi.
Uchinchi, “Ibrohim kelishuvlari”ni kengaytirish. Isroilning arab davlatlari bilan munosabatlarini normallashtirish va Hindiston – Yaqin Sharq – Yevropa iqtisodiy yo‘lagi kabi integratsiya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘ladi.
Ayni vaqtda Saudiya Arabistonining Xitoy bilan hamkorligi AQSh siyosati uchun jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Pekin mintaqadagi o‘z ta’sirini kengaytirishga faol intilmoqda, Isroil esa Xitoy strategiyasidan uzoqlashmoqda. AQShning global yetakchilikka qaytishi Vashingtonning ittifoqdoshlari Xitoy bilan yaqinlashgan holda, AQSh xavfsizlik soyaboniga tayanish darajasiga oid savolni kun tartibiga olib chiqadi.
Shu bilan birga,
Tramp administratsiyasining Eron bilan kelishuvga erishish ehtimoli saqlanib qolmoqda, bu esa Ar-Riyod manfaatlariga tahdid solishi mumkin. Biroq, AQSh va Isroil tomonidan katta imtiyozlar berilishi ehtimoli past, chunki ular Eronning yadroviy tahdidini yo‘q qilish va raketa dasturini cheklashga e’tibor qaratmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, voqealar quyidagi ikki ssenariy bo‘yicha rivojlanadi deb bashorat qilinmoqda:
bashorat qilinmoqda:
Asosiy taxmin: Eronga qarshi qattiq siyosat, Isroil bilan sheriklikni mustahkamlash va AQSh energiya eksportining faollashuvi.
Kam ehtimolli ssenariy: AQSh va Xitoy o‘rtasida murosaga erishish, ammo bu hozirgi bosqichda ikki tomonlama ishonchsizlik va Xitoy iqtisodiyotining zaiflashuvi sababli deyarli mumkin emas.
Xulosa qilib aytganda, Trampning Oq uyga qaytishi Yaqin Sharqdagi AQSh ta’siri kuchayishiga olib keladi. Ammo AQSh, Saudiya Arabistoni va Isroil manfaatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, shuningdek, global tahdidlar, jumladan, Xitoy omili, yangi uchburchak siyosatini amalga oshirish uchun murakkab sharoit yaratmoqda.
Strategic Focus: Central Asia