Mahallalarda huquqbuzarliklarni oldini olish muhokama etildi📍Bugun Shayxontohur tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi San’at saroyida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
✔️Mazkur tadbirda tuman hokimi Bobir Abubakirov, sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
📌Yig'ilishda mahallalarda huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar hamda mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda mas’ul idoralar va muassasalarning vazifalari haqida qat'iy topshiriqlar berildi.
✅ Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram ✅ Twitter 📹YouTube