🇺🇿#Xabarlar
2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Bugun Sergeli tumanida mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida huquqbuzarliklarni oldini olish uchun mahalliy darajada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xavfsizlikni ta'minlashning dolzarb masalalari va ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar tizimning samaradorligini oshirish uchun yangi yondashuvlarni ishlab chiqish, aholi, ayniqsa yoshlar va oilalar bilan ishlashda faoliyatni kuchaytirish lozimligini qayd etdilar.
Shuningdek, mahallalarda jamoatchilik va fuqarolar ishtirokida xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari surildi va ularga oid topshiriqlar belgilab olindi.
✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati🕊Telegram📱Instagram📱Facebook🌐Website