🇺🇿#Xabarlar
Mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash, onalar va bolalar reproduktiv salomatligini mustahkamlash hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha 2024-yil yakunlari sarhisobi hamda 2025-yilda hamkorlikda ishlash yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni tuman hokimi o‘rinbosarlari O. Maxkamov va N.Jo‘raeva tanqidiy ruhda o‘tkazdi.
Tadbirda tumandagi barcha umumta’lim maktablari direktorlari, oila poliklinikalari mudirlari, xotin-qizlar bo‘yicha profilaktika inspektorlari, Milliy gvardiya vakillari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, imom-xatiblar va otinoyilar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish bayoni asosida barcha tashkilotlarga hamkorlikda ishlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.
✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati🕊Telegram📱Instagram📱Facebook🌐Website