#MUSHOIRA
FACEBOOK
So‘zlar aytdi kimlar senda otashin,
Sen ularga minbar bo‘lding, Feysbuk.
Biz yengildik Ra’nolar-la tortishib.
Bizlar uchun Anvar bo‘lding, Feysbuk :)
✍Xayrulla Hamidov, 2016-yil
Qiynalsada, haq ustida Sobirlar,
Alamlardan zor yig‘lagan Botirlar,
Atlas ishton kiygan yuzsiz Shotirlar
Trollar-la qaynar bo‘lding Facebook.
✍Abror Muxtor Aliy, 2016-yil
Yaxshiga ham, yomonga ham ko‘ngling keng
Go‘yo ko'hna olam bilan bag‘ring teng,
Kim gul tutar, kim shimarar bo‘ldi yeng,
Bir kulib, bir yig‘lar bo‘lding, Feysbuk
✍Hasan Al-Muqriy, 2016-yil
Yozmaganu yozganni ham yozdirding
Ba’zilarni haq yo‘lidan ozdirding
Bilmaganning bilmasligin bildirding
Qilar ishing har xil bo‘ldi Feysbuk
✍Akmalxon Yusuf, 2020-yil
Yillar o'tib, ko'payishib yuzlaring
Yahudlarga tobe bo'ldi so'zlaring,
G'azo uchun yumildi bu ko'zlaring,
Noxolislik ini bo'lding ey feysbuk!..
✍Xayrulloh Sayhuniy, 30.09.2024