— ijodkorlarning o‘zlari tomonidan o‘qiladigan she’r va monologlarni tinglash; — mualliflardan maxsus dasxatlar olish; — "Izlam" kitoblarini xarid qilish; Demak, 11-yanvar (shanba) 11:00 da ko‘rishamiz! Boshqa rejalaringizni ortga surib turing😊
Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, Qashg‘ar mavzesi 9A 👉 Joylashuv |Mo‘ljal: Hyatt Regency mehmonxonasi
Yuqoridagi sheʼrni bir do‘stim yozgan. Sheʼr deb atashimga o‘zi aslo rozi bo‘lmaydi. Yozganiga baʼzi tuzatishlar ham kiritib turadi. Masalan, xayolidagi “oppoq kapalak” oldin “oq chag‘alaylar” edi. U bilan baʼzan-baʼzan faqat bir suhbat davomidagina tushunarli, arzirli bo‘lgan mavzularda fikr so‘qishib qolamiz. “Muhabbat sariq va zangori, Men hech ham qo‘rqmayman o‘limdan”ning minglab maʼnolari, tagishoralarini topganmiz. Kuni kecha shu sheʼriga “kapalaklar”ni kiritib jo‘natgan va tagiga “men buni Xudoni sog‘inganimda yozgan ekanman” degan izohni qo‘shimcha qilgan ekan. Va hadisi sharifdan parcha keltirgan: “Hoy, ogoh bo‘linglar! Albatta, dunyo malʼundir, undagi bor narsa malʼundir...”. Necha kundirki nima deb javob berishni bilmayman. Faqat har eslaganimda tomog‘im achishaveradi.
Yaqinda “Izlam” haqida gapira turib “Masalan, Bayram Alining yozganlari so‘nggi yillarda o‘zbekchaga tarjima qilingan 90% asarlardan yaxshiroq” deb yubordim. Keyin o‘ylanib qoldim: “Oshirib yubormadimmikan?” O‘zimdagi parazit individual idiomalarni o‘zim bilaman va “to‘qson foiz” deganim foizni anglatmaydi (Darvoqe, bunaqalaridan bir nechta, afsuski). Ammo bunga alohida izoh bermasam, eshitgan odamda yanglish tasavvur qolishi mumkin-da degan istihola bor edi.
Bugun ustoz yozuvchimiz Temurpo‘lat Tillayevning quyidagi e’tirofini o‘qigach, ancha tinchlandim. Darhaqiqat, Bayram Ali tarjima qilinayotgan yozuvchilarning to‘qson foizidan kuchli ekan.
Yana bir yangi kitobimiz nashrdan chiqdi. Foydali, koʻp kutilayotgan kitoblardan biri boʻlishidan umidvormiz. Quyidagi havola orqali kitobning bir qismi va mundarijasi bilan tanishishingiz mumkin.
“Izlam”ning 2-fasli keyingi haftadan sotuvga chiqadi, inshaAlloh. Bu safar 16 nafar muallif saralab olindi. Yoʻnalishlar roʻyxati ham kengaydi: nasr, nazm, adabiy tanqid va publitsistika.
Mualliflar orasida adabiyotimiz uchun kashfiyotlar ham borligiga ishongim keladi. Allaqachon oʻz ovozi va oʻz oʻquvchisini topib ulgurgan ijodkorlar ham bor roʻyxatda. Oʻz syurprizi – “Istisno”si ham bor ;).
1-faslda boʻlganidek asosli-asossiz tanqidlar boʻlishi tabiiy. Va 1-faslda boʻlganidek adabiy jarayonni yana bir qalqitib yuborishidan ham umidvormiz.