View in Telegram
Ikki yil oldin yaqin do‘stim vafot etdi. Bugun uning telefon raqamidan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Hech kutmagandim!.. — Labbay, dedim. Kichik o‘g‘li ekan. O‘ziga velosiped olib berishimni so‘radi. — Xo‘p bo‘ladi, bugun albatta olib boraman, dedim va ortidan so‘radim: — Meni kimligimni bilasanmi? Bolakay shunday javob berdi: — Yo‘q, sizni tanimayman. Uydan dadamning rasmlarini tomosha qilib o‘tirgan edim, ular orasidan dadam bilan bir kishining rasmi chiqib qoldi. Rasm orqasida esa shu raqam va shunday yozuv bor ekan: — «Bolajonlarim, agar vaqti kelib biror narsaga ehtiyojlaring bo‘lsayu meni topa olmasalaring shu raqamga qo‘ng‘iroq qilib aytinglar. Bu ham menman, faqat boshqa yerda yashayman». ┉┅━❀🍃💐🍃❀━┅┉ 🕋@Sajdadamizda🌾☝️
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily