View in Telegram
#muharir_kundaligi Goh g'amga botib, gohida quvonib, goh qiziqib, gohida zerikib tahrir qilganim kitobning oxiriga yaqinlasharkanman, ovunchog'ini yo'qotib qo'yishdan qo'rqqan o'spirin kabi avaylab boshladim. Yaxshi kitob o'zi shunaqa, oxiriga yaqinlashganing sari tugab qolishini istamaysan, har sahifasini qayta qayta o'qiging keladi. "Mening otim qirmizi" -- O'rxon Pomuq bilan ilk tanishuvim edi. Menga uslub originalligi va ohangdorlik (ehtimolki go'zal tarjimaning hissasi ko'proqdir) yoqdi. Hali bu kitob haqida Anna Dostoyevskayaning "Xotiralari" kabi ko'p yozsam kerak. Ko'p gapirsam kerak. Eng muhimi, yaxshi bir kitob o'zbek tiliga tarjima etilganidan, yaqin kunlarda kitobxonlar qo'liga yetib borishidan va bunda mening ham kichik hissam borligidan rosti xursandman.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily