#parcha
..hayotining oxirgi o'ttiz yilida u o'z rasmlarini topgan, yoqqan. Biroq safhalarini varoqlab, kitoblarda o'z rasmlaridan ko'proq undan ilhomlanib chizilgan taqlidlarni ko'rgan. Keyingi yillarda esa ikki avlod musavvirlari o'zi inkor etgan rasmlarni qolip o'laroq o'zlashtirganlarini, u rasmlarni hofizalariga naqsh etganlarini, yod olib, ruhlarining bir parchasi qilganlarini ko'rgan. Shayx Muhammad o'z rasmlarini topib, yo'q etishga uringuncha, yosh naqqoshlar juda ko'p kitoblarda ularni muxlislik ila ko'paytirganlarini, boshqa hikoyalarni rasmlarkan, hammaning xotirasiga joylaganlarini, butun jahonga yoyganlarini anglagan.
Kitobdan kitobga, rasmdan rasmga yillar bo'yi nazar tashlab anglaymiz: yaxshi rassom durdonalari bilan yolg'iz aqlimizdan joy olibgina qolmay, pirovardida xotiralarimizning manzarasini ham o'zgartiradilar. Bir naqqoshning hunari va rasmlari bir karra ruhimizga ta'sir etganidan keyin esa butun olamning go'zalligi uchun bir me'yor kelib chiqadi.
O'rxon Pomuq
Mening otim —qirmizi