#yangi_yil_hazili
Shoir Rahmat BOBOJONga
***
Yozib bayt-u bayoz shoir,
Qaramay kuz, ayoz shoir.
Adabiyot tuynugindan,
Kirib keldi daroz shoir.
Qanday oʻtding bu tirqishdan?
Soʻrarlar ul boyaqishdan.
“Ochiq turgan ekan, kirdim,
Qaytayotib edim ishdan”.
(Karikatura muallifi Husan Sodiqov)yoshlikjurnali.uz@yoshlikjurnali