#Vatanparvarlik_oyligi
Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!
Bugun, 8-yanvar kuni Qo‘shrabot tuman Elektr tarmoqlari boʻlimi, Gaz taʼminoti boʻlimi, SEO va JS boʻlimi xodimlari hamda 77-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari ishtirokida
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda vatanparvarlik oyligi doirasida
“Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi, tuman Mudofaa ishlari bo‘limi xodimlari hamda Mudofaa vazirligiga qarashli Qo‘shrabot tumanida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan mavzu yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek, tadbir doirasida tashkilotlar xodimlari hamda oʻquvchi yoshlarga harbiy qurollar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga ulanish:
TELEGRAM|
FACEBOOK|
INSTAGRAM|
YOUTUBE