Yangi yil bayramingiz muborak bo‘lsin! Barchangizga ushbu yilda baxt va omad, oilaviy xotirjamlik hamroh bo‘lsin. 2024-yilda ushalmagan orzularingiz 2025-yilda ushalsin!
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Assalomu alaykum, urgutliklar!
Azizlar, yaxshi niyatlar va yuksak maqsadlar bilan instagram'da “Mayoq team” nomi bilan o‘z faoliyatimizni boshladik. Sizning yordamingiz bilan faoliyatimiz yuksaladi va foydali kontentlar olishga ilhomlanamiz! Bizni qo‘llab quvvatlaysizlar degan umiddamiz!
❗️Dastlabki kontentimiz premyerasi 29-dekabr soat 18:00 da bo‘ladi.
Ortga qaytarolmam asov dilimni, Borsa kelmas mening yo‘lim, birodar. Shiorim — ezgulik, shundan zulmning Har dam yoqasida qo'lim, birodar.
Bir boshga bir o‘lim, har bir boshda bor, Xatarlidir o‘ng-u so‘lim, birodar! Shoirni o‘lim-la qo'rqitma zinhor, She'rsiz o‘tgan har kun — o‘lim, birodar.
Ko‘pchilik so'rashadi: Nega“Dolg‘a” she'riy to‘plamingizdagi she'rlaringizning aksariyati tushkun, g‘amgin, qayg‘uli?”
Bir telegram sahifada quyidagi rivoyatni o‘qib qoldim👇
Bir shoirdan so‘rashdi: – Nega she’rlaringizda ko‘proq qayg‘uli mavzular haqida yozasiz?
Shoir javob berdi: – Chunki baxtli bo‘lgan paytimda she’r yozish o‘rniga, yashashni afzal ko‘raman.
P/s: Buni o‘qib, ongimda yarq etib chaqin chaqqandek bo‘ldi. Yuqoridagi savolga asosli javob topgandek bo‘ldim. Rostdan ham baxtni ko'nglimdagidek qog‘ozga tushurolmayman. Balki men ham baxtli lahzalarni faqat yashashni bilarman.
Sizchi? Ko‘proq qaysi birini teranroq his qilasiz, baxtnimi, qayg‘unimi?