✅Yoshlar ishlari agentligining ishchi guruhi manzillarda🟢Birinchi tashrif,Qorako'l tumani "Xo'jakon" mahallasidagi ustoz-shogird an'anasi doirasida o'z hunarmandchilik faoliyatini yo'lga qo'ygan yosh tomonga bo'ldi.
Ishchi guruh tomonidan yosh hunarmandning ssuda asosida maxsus stanok ajratish va bu orqali 5 nafar ishsiz bo‘lgan yoshlarni ish bilan ta’minlash yuzasidan bildirgan taklifi manzilning o'zidayoq ma'qullandi.
⚡️Ikkinchi manzil, tumanda yoshlar tadbirkorligida zamonaviy yondashuvni amalga oshirgan “Xo'jalar”mahallasida yashovchi S.G'aybullayevning xonadoni tomonga bo'lar ekan, o'z tashabbusi bilan GIDROPONIKA usulida "Qulupnay" yetishtirishni yo'lga qo'yganligi yuzasidan taklif va muammolari bilan tanishilib, yosh ishbilarmonning ushbu usulni Germaniya davlati tajribasi asosida yanada takomillashtirish to'g'risidagi taklifi qo'llab-quvvatlandi.
🔷Bu kabi tashriflar yoshlarning tadbirkorlik yo'nalishidagi harakatlarini rivojlantirishda muhim qadam bo'lib kelmoqda.