Ma`lumot o`rnida Walt Disney - amerikalik kinorejissor-multiplikatori, rassom va produser. Produser sifatida 59 nominatsiyada Oscar mukofotiga nomzod qilib koʻrsatilib, ularning 22 tasida esa gʻolib boʻlgan. Bundan tashqari, uch marotaba Oltin globus, bir marotaba Emmy mukofoti bilan taqdirlangan.
Disney birinchilardan boʻlib qahramonlari (oʻrdak Donald Duck, sichqon Mickey Mouse va boshqalar) boʻlgan qisqa metrajli filmlarni suratga oldi. 1933-yilda AQShda birinchi boʻlib uch rangli film yaratdi.
Yaxshi kayfiyatda boʻlish uzoq umr koʻrishga yordam beradi
✅ Psixologlar 30 yil davomida 70 ming kishini oʻrgandi. Ishtirokchilarning savollarga bergan javoblari orqali mutaxassislar ulardagi nekbinlik darajasi, sogʻligʻi va ishtirokchilarning turmush tarzini oʻrgandi.
Maʼlum boʻlishicha, eng optimistik erkak va ayollar yomon kayfiyatda yuradiganlarga qaragandan uzoqroq umr koʻrar ekan. Arzimagan narsaga asabingizni buzmang. Bu birinchi navbatda o'zingizni sog'lingizga zarar.
Amerikada elektr stulda o‘ldirish jazosi berilgan bir jinoyatchiga hukm ijro etilishidan oldin so‘nggi so‘z berildi. U atrofga nazar tashladi. Bir qancha kishilar unga qarab turibdi. Qanchadan-qancha muxbirlar qo‘llarida qalam bilan u aytadigan so‘zni kutmoqda. Rasmchilar esa tinmay suratga olyapti. Shunda mahkum: — Bilasizmi, agar men bolaligimda hozirgidek e’tibor ko‘rganimda edi, jinoyatchilar kursisida o‘tirmagan bo‘lardim, — dedi.
Farzandingizga bolaligidanoq e’tibor bering. Aks holda, kech bo‘lishi mumkin.