#Kadastr_korrupsiyaga #qarshi
Kadastr sohasida xodimlar orasida poraxo'rlik va korrupsion jinoyatlarning oldini olish, ularning bu boradagi
huquqiy madaniyatini rivojlantirish maqsadida
Chiroqchi va Ko'kdala tumanlarida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi
Qashqadaryo viloyat boshqarmalarining mazkur tumanlarda faoliyat yuritib kelayotgan
kadastr bo'limlari va filiallarining rahbar hamda xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida xodimlarga jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ijro-intizomiga rioya qilishlari, ish joyiga ogohlantirishsiz kech kelmaslik, ish unumdorligini oshirish,
“Kasb odobnomasi”ga va
“Odob axloq” qoidalariga zid ravishda ish olib bormaslik kabi
masalalarga alohida e'tibor qaratildi.
🇺🇿 telegram |
instagram |
facebook