View in Telegram
#Murojaat Namangan davlat universitetida qiziq ishlar davom etmoqda So‘nggi kunlarda muhokama markaziga aylanib borayotgan Namangan davlat universitetida ziyolilar maskaniga xos bo‘lmagan ishlar davom etmoqda. E’tiboringizga botimizga kelgan bugungi murojaatni tahrirsiz taqdim etamiz: «Hurmatli admin. Bizni universitetda tushunib bo‘lmaydigan ishlar ko‘p bo‘lmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda chiqayotgan xabarlar bo‘yicha rahbariyat xulosa qilish o‘rniga soxta yo‘llar bilan o‘zlarini oqlamoqchi bo‘lishyapti. Bugun ham rektor yig‘ilish qilibdi. Dekanimiz chiqiboq, rektoratni tepa qavatidagi kafedra mudirimiz orqali topshiriqni yetkazdi. Unga ko‘ra rektorimiz faoliyati bo‘yicha chiqayotgan xabarlarga munosabat berishimiz lozim ekan. Ya’ni «universitetda ichki muhit a’lo, hamma sharoitlar yaxshi, kamchiligimiz yo‘q, rektorimiz adolatli ish olib borayaptilar» deb vazirlikka va sizni kanalingizga fikr yuborishimiz kerak ekan. Biz qaysi vijdonimiz bilan bunday yolg‘on fikrlarni berishimiz mumkin. Ahir so‘z erkinligi qayoqda qoladi. Iltimos fikrlarimni hammasini e’lon qiling. Zora rektor va uning atrofidagi maddohlar o‘qib ozgina bo‘lsa ham rostdan o‘zgarishga harakat qilishsin. Oldindan rahmat». Ko‘rib turganingizdek, bunday murojaatlar ham kelib turibdi. Bu innovatsion usulni o‘ylab topgan Namangan davlat universiteti rektoriga qoyil qolmasdan iloji yo‘q!!! Xulosa o‘zingizdan P.S. Aytishlaricha, universitet rektori lavozimga kirishgan ilk yilidayoq universitetda o'qiydigan barcha talaba-blogerlarni chaqirib, telegram kanallarini o'chirib tashlashlari lozimligi aks holda talabalar safidan chetlatilishi haqida qat'iy tahdid qilib, uzoq vaqt so'z erkinligini bog'ib kelgani aytiladi. Mana bugun esa "trollar jamoasi"ni shakllantirish ham boshlanibdi ketibdi. Kanalga ulaning: 👉 @OTM_minbari
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily