#Sayyor_qabul
📌 SAYYOR QABUL — BARCHASI INSON QADRI UCHUN
Bugun, 23-yanvar sanasida
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas'ul xodimlari, vazirlikning Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i, Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida Urganch davlat universitetida sayyor qabul tashkil etildi.
Urganch davlat pedagogika instituti
rektori Feruza Madraximova ham aholining, xususan yoshlarning oliy taʼlim bilan bog‘liq mummolariga yechim topish maqsadida murojaatchilar bilan uchrashdi. Ularning fikr-mulohazalarini tinglanib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qabul davomida
ijtimoiy himoya,
bo‘sh ish o‘rinlari, talabalarni turar joy bilan taʼminlash va
ishga joylashtirish,
xorijiy va boshqa oliy taʼlim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish,
imtiyozlar asosida o‘qishga qabul qilish borasidagi murojaatlar tinglanib, ularning savollariga batafsil javoblar berildi. Bir qator muammolar joyida hal qilindi.
Obuna bo’ling👉 @OTM_Minbari