UrDPIda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib o‘tdi
Bugun Urganch davlat pedagogika institutida
Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 33 yilligi va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati tadbir boʼlib oʼtdi. Tadbirda
institut rektori Feruza Madraximova ishtirok etib, institut jamoasini bayram bilan tabrikladi.
Tadbir davomida bir guruh jamoa a’zolari, xususan, qator huquqni muhofaza qiluvchi organlarida ishlab, nafaqaga chiqqan hozirda UrDPIda faoliyat olib borayotgan xodimlar taqdirlandilar. Shuningdek, institutning profilaktika inspektori va Afg‘onistondagi harbiy jarayonlar ishtirokchilari e’tirof etilib, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🌐 @UrDPI_UZ