Ba'zi dizaynerlarda yetishmayotgan "Odob ahloq" haqida...
Oldinlari dizaynerlar nima uchun kam gapiradi, faol emas deb o‘ylardim va bazan ranjir edim. Kecha esa bir chatdagi holatdan keyin, gapirmagani yaxshi ekan, degan xulosaga keldim.
Suhbat davomida odobsizlik, bir-birining gapini bo‘lish va aytilgan fikrlarni to‘liq tushunmaslik holatlari kuzatildi. (Albatta, bu hamma dizaynerlarga tegishli emas!)
Mavzu:
"Texnik vazifalarsiz (TZ) siz logo chizish foydasizligi" haqida edi. Bu boshlang‘ich dizaynerlar uchun foydali maslahat, lekin bozor tajribasi 2-3 yildan oshgan dizayner uchun bunday yondashuv vaqtni behuda sarflashdir.
Mening hozirda 10 dan ortiq loyiham bor oyiga kamida 3+ logo dizayn qilaman va shaxsiy loyihalarim ham bor. Endi mendan shunchaki ish qilishni kutish noto‘g‘ri. Asosiy maqsadim – haqiqiy loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarishdir. Bu mening eng katta yutug‘im.
@MuhammadrizvonMuallim