Muammolar tugagan kun
Esimni tanibmanki muammolarim juda koʻp. Bogʻchada tushlikda uxlash muammo edi.
Maktabda 5 baho olish, 8-martda sinfdosh qizga gul berish uchun pul yigʻish eng katta muammolarim boʻlgan. Litseyda o'qishga kirish muammo.
Universitetda yana maktabdagi muammolar kattaroq shaklda qaytib keladi. Bitirib ish topish va unda koʻtarilish muammo.
Bizda hozir bor muammolarni, hozirgi aql darajamiz bilan yecha ol-may-miz! Agar yecha olganimizda edi, bizda hozir bu muammolar boʻlmasdi.
Yechishning yoʻli esa ilm, tajriba va tavakkuldir!
Keyin muammolaring tugaydimi? Albatta, yoʻq. Kattarogʻi paydo boʻladi. Va yana
ilm olamiz. Natijada oʻsib, rivojlanib boraveramiz. Oxiri yoʻq!
Qachon muammolar tugaydi?
Bu dunyoni tark qilgan kunimiz, barcha muammolarimiz tugagan kundir. Ungacha yo ularni yechamiz, yoki yechishga majbur qilishadi!
@MuallimMuhammad