Kuzatuv
Ota-ona tarbiya ilmida kuchli bo‘lmasa ham bola tarbiyali bo‘lishi mumkinmi?
Ha, agar yashayotgan jamiyati va mahallasi qadriyatli bo‘lsa. O‘qiyotgan maktabi esa to‘g‘ri muhitga ega bo‘lsa.
Farzandingiz qadriyatli oilalar farzandlari bilan o‘qisa, o‘ynasa va yursa, ko‘rganini oladi. Zo‘r bo‘lmasa ham yomonlashib ketmaydi.
Ota-ona sifatida mahallangizni va shahringizni kuzating. Bolangiz bog‘chasi va maktabini sinchiklab o‘rganing.
• Qadriyatlari sizning qarashlaringizga mosmi?
• Narkotik yoki tabletkalarning iste’moli mavjud emasmi?
• Ilm egalari ko‘p va qadrlanadigan joymi?
Agar bu savollarga qoniqarli javob topa olmasangiz, hoziroq ko‘chib keting. Farzandingiz tarbiyasini yo‘qotganingizdan keyin, o‘nlab uylarning puli ham bu yo‘qotishni qaytara olmaydi.
“Kishi o‘z do‘stining dini ustidadir. Bas, har biringiz kim bilan do‘st bo‘lishiga qarasin.”
(Termiziy, Zuhd: 45).
@MuallimMuhammad