Sohadagi ustuvor vazifalar tahlil qilindiBugun Sport vaziri Adkham Ikramov sportni yanada ommalashtirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 2025-yilda oʻtkaziladigan sport musobaqalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidagi sport maktablari faoliyatiga oid meʼyoriy hujjatlarni tartibga solish boʻyicha taqdimotlar bilan tanishdi.
Dastlab, joriy yilda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkaziladigan sport musobaqalari, хususan, har bir sport turlari boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.
Shundan soʻng, Sport vazirligi tizimidagi sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Oliy sport mahorati maktablari faoliyatiga oid meʼyoriy hujjatlarni tartibga solish hamda ushbu muassasalarda koʻrsatiladigan birlamchi tibbiy-sanitariya va profilaktik yordamning sifati va samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilindi.
Taqdimot yakunida vazir A.Ikramov masʼullarga “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarida yoshlarning qamrovini yanada oshirish, bu borada targʻibot ishlarini kuchaytirish va musobaqalarni yuqori saviyada oʻtkazish hamda sport maktablari xodimlarining malaka tavsiflarini, ularga qoʻyiladigan lavozim talablari, oʻquv dasturlari namunaviy rejasi, oʻquvchi-sportchilarning eng kichik yosh normativlari va oʻquv guruhlarini shakllantirish borasida kerakli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Web-Sayt |
Telegram |
Facebook |
Instagram |
Youtube