ππππππππππ
- Hech qachon meni sindira olmaysiz, - Saewon bu gapni aytishi uchun gayritabiiy bu jasorat qayerdan kelganini bilmaydiyu ammo mahluq g'azab otiga minib uning bo'g'zini qo'li bilan bo'g'ib devorda mahkamlaganida, pushaymon bo'ldi.
- Q.q.qo'yib yuboring! - zo'rg'a shivirladi Saewon havo yetishmasligidan ko'z oldi hiralashib, qizargancha.
- Men senga nima dedim?.. Bu yerda faqat mening so'zim qonun! - Jungkook gazabdan deyarli aqldan o'zgan va ko'zlaridagi alvon rang yanada quyuqlashgandek edi.
- Men nafas ololmayabman, - qiz hirqoq ovozda shivirladi. Tomog'ini o'rab bo'g'ib turgan Jungkookning metin qo'llariga qo'lini qo'ygan Saewonning nafas yo'llari butunlay berkilgan edi. U ko'zyosh to'la mungli nigohlari bilan mahluqqa iltijoomuz bo'qar ekan, deyarli hushidan ketish arafasida edi...
πππππππππππππππ