π °οΈπ °οΈπ °οΈπ °οΈπ °οΈπ °οΈπ °οΈπ °οΈπ °οΈ
Men sarosimada edim, u meni qanday topdi?
- tariqchalik aqling bilan mendan qochmoqchi bo'ldingmi? - Qarshimda Jungkook menga gazab bilan tikilar edi. Uning qahrli zaharhanda qora ko'zlari negadir qizil. Ammo qanday? Bu mavhumliklar tobora shuurim uchun og'irlik qila boshlagan edi. U menga yaqinlasha boshlaganida tutqich bermas ohu misol ortga tisarilib, qochishga urundim.
- hatto harakat ham qilma! - u soniyada bilagimdan po'latdek qo'llari bilan tutib, o'z jismi bilan birlashtirdi. Yirik kafti belimdan o'tib meni o'ziga yana ham qapishtirdi.
- Mendan qochayotganingda nimalarni o'ylading? - uning ko'zlari hali hamon alvon rangda edi. Men bir so'z demadim. Kuchli qollari sabab, qimirlashni ham eplay olmas edim
β₯οΈ DARK ROMANCE || JUNGKOOK & SAEWON β₯οΈβ₯οΈ MINATOZAKI YUKI || MAGICLAND FANFIC β₯οΈ