#barqarorlik_reytingi #EHF
Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart
EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan
kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020
EHF
quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun
bir marta taqdim etiladi:
–
elektr va (yoki) issiqlik energiyasi;
– suv;
– gaz;
– kommunal va aloqa xizmatlari;
– temir yoʻlda tashish;
– transport-ekspeditorlik xizmatlari;
– quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
– tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.
Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning
10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan
oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.
Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...
Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda
qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim
etish mumkin.
Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan
soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va
aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.
Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda
ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.
Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.
EHFlarni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingida 10 ball beriladi.
Telegram I
Facebook I
YouTube |
Twitter |
Website