#qonunchililkdagi_yangiliklar
Kambag‘al oilalar a’zolariga qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratiladi
Qarorga ko‘ra, og‘ir toifadagi
300 ta mahallada kooperatsiya asosida 180–500 kVt quvvatga ega
quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etiladi.
2025 yil 1 apreldan 2028 yil 1 yanvarga qadar yangi tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi va dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash kooperativlari uchun ijtimoiy soliq hamda ularga ishga qabul qilingan jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilanadi.
Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun
BHMning 10 baravarigacha miqdorda subsidiyalar ajratiladi.
Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji negizida
2025 yil 1 dekabrgacha kreativ sohalar klasteri tashkil qilinadi.
Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida:
–
2025 yil 1 fevraldan ish beruvchilar buyurtmasi va tijorat banklari mijozlari ehtiyoji asosida ishsiz aholini, shu jumladan, kambag‘al oilalar a’zolarini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga
manzilli o‘qitish tizimi joriy etiladi;
–
2025 yil 1 martdan aholini kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash jarayonlarini
raqamli nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
– 2025 yil 1 apreldan
12 ta yangi kasb yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Telegram I
Facebook I
YouTube |
Twitter |
Website